Matematika to'garagi

01.03.2026 13:32 Ma'muriyat
Matematika to'garagi

Matematika to‘garagi faoliyati boshlandi

Maktabimizda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish maqsadida Matematika to‘garagi o‘z faoliyatini boshladi.

To‘garak davomida o‘quvchilar:

  1. Qiziqarli mantiqiy masalalar
  2. Olimpiada savollari
  3. Tezkor hisoblash usullari
  4. Amaliy matematika mashg‘ulotlari

birgalikda o‘rganishmoqda.

To‘garak mashg‘ulotlari tajribali matematika o‘qituvchisi tomonidan olib borilmoqda.

Faol qatnashayotgan o‘quvchilar kelajakda matematika fanidan olimpiadalarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Barcha qiziquvchi o‘quvchilarni matematika to‘garagiga taklif qilamiz!